-
Countries
-
Data and Analysis
-
Special Focus
-
Crisis Responses
O'zbekiston - Migratsiya ma’lumotlaridagi bo‘shliqlarni tahlil qilish (2024-yil yanvar)
Contact
DTM REMAP Support Team (dtmremapsupport@iom.int); MTM Uzbekistan (mtmuzbekistan@iom.int)
Language
English
Location
Uzbekistan
Period Covered
Jan 01 2023
Dec 31 2023
Activity
- Other
Ushbu hisobot O‘zbekistonda o‘tkazilgan Migratsiya ma’lumotlaridagi bo‘shliqlarni tahlil qilish tadqiqotidan olingan natijalarni umumlashtirib, tegishli milliy ma’lumot bazalari, BMT agentliklari va rivojlanish tashkilotlaridagi mavjud migratsiya ma’lumotlari manbalarini aniqlash va baholashni o‘z ichiga oladi. Ma’lumotlarni ko‘rib chiqish immigratsiya, emigratsiya, qaytgan migrantlar, noqonuniy migratsiya, ichki ko‘chishlar, O‘zbekiston ichidagi qochqinlar va o‘zbekistonlik chet eldagi qochqin maqomidagilar hamda pul o‘tkazmalari kabi asosiy migratsiya mavzularini qamrab oladi. Mazkur hisobot O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi (O‘zStat), Ichki ishlar vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Markaziy bank kabi asosiy davlat organlari ma’lumotlarini migrantlar jinsi, yoshi, kelib chiqish hududi yoki borish mamlakati kabi kategoriyalar bo‘yicha ajratilgan holda taqdim etib, har bir yo‘nalishdagi migratsiya jarayonlari bo‘yicha tushunchalar beradi.
Shuningdek, ushbu hisobot O‘zbekistondagi joriy migratsiya boshqaruvi tizimi va qamrovi haqida ma’lumot beruvchi muhim milliy migratsiya dasturlariga e’tibor qaratadi. Ushbu tahliliy tadqiqot keng qamrovli manzarani taqdim etsa-da, mavjud ma’lumotlarda bo‘shliqlar saqlanib qoladi, xususan, yil bo‘yicha ichki migratsiya ko‘rsatkichlari, demografiya, bandlik, ta’lim va aholi soni bo‘yicha ma’lumotlar yetishmaydi. Qochqinlar va noqonuniy migrantlar, ularning harakat yo‘nalishlari, ijtimoiy xususiyatlari va qaytish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham yetarli emas. Ushbu ma’lumotlar bo‘shliqlarini bartaraf etish migratsiya sohasidagi tahliliy ishlarni yanada yaxshilaydi hamda migratsiya siyosatini aniqroq rivojlantirishga yordam beradi, jumladan, emigrantlarning ta’lim darajasi yoki vatanga qaytgan migrantlarning bandlik holati kabi nozik masalalarga e’tibor qaratishga imkon beradi. Katta ma’lumotlar (Big data) va yanada batafsil ma’lumotlar to‘plamlariga asoslangan kelgusidagi tadqiqotlar O‘zbekistonning milliy migratsiya siyosatini qo‘llab-quvvatlab, mamlakatning migratsiya landshaftini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.